» » Tramp davrida AQSh iqtisodiyoti uch yil ichidagi eng past ko‘rsatkichlarni namoyish etdi

Tramp davrida AQSh iqtisodiyoti uch yil ichidagi eng past ko‘rsatkichlarni namoyish etdi


2017-yil birinchi choragida AQSh iqtisodiyoti o‘tgan chorakka nisbatan 0,7 foizga o‘sdi. Bu haqda AQSh iqtisodiy tahlil byurosi o‘zining YaIM hisob-kitoblarida ko‘rsatdi, deb xabar beradi “RBK”.

Bu 2014-yil boshidan beri kuzatilgan eng past o‘sish sur’atidir. Reuters va The Wall Street Journal tomonidan suhbatga tortilgan ekspertlar 1–1,2 foiz miqdoridagi iqtisodiy o‘sishni bashorat qilgan edi.

AQSh strategik xizmati YaIM baholarini yillik sur’atlarni mavsumiylikka qarab korrektirovka qilib chop etib boradi. Bu YaIMning faktik o‘sishi 0,2 foizni tashkil etdi degani.

Buning asosiy sababi iste’mol xarajatlarining qisqarishidir: ular yil ko‘rsatkichlarida faqat 0,3 foizga o‘sdi, bunday past ko‘rsatkich 2009-yildan beri kuzatilmagan edi.

Shuningdek, issiqlik energiyasi iste’molini tushirgan issiq qish ham rol o‘ynadi, deyiladi hisobotda.

Опубликовано: admin (29-04-2017, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют