» » Xalq ta’limi vazirligi sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib borishini ma’lum qildi

Xalq ta’limi vazirligi sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib borishini ma’lum qildi


AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib borishini ma’lum qildi.

“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan biror maktab sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi deb topilsa, ushbu maktabda an’anaviy ta’lim boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quvchilarning ta’lim olishi masofaviy tarzda amalga oshiriladi” — degan vazirlik axborot xizmatining rahbari.

Laylo Rustamova qanday holatlarda maktablarning karantinga yopilishi mumkinligi haqida ham ma’lumot bergan.

“Bitta sinfda ta’lim oluvchi 3 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan taqdirda sinf Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olinadi va maktabda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Jami sinflar sonidan yoki o‘qituvchi-xodimlarning umumiy sonidan 10 foizida koronavirusga test natijalari ijobiy natijani ko‘rsatgan taqdirda maktab karantinga olinadi”, — degan Laylo Rustamova.

Avval Xalq ta’limi vazirligi internetda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun o‘qituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan ro‘yxatlar tarqalganiga munosabat bildirib, maktablarga dezinfeksiya vositalari o‘qituvchilar tomonidan emas, mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib berilishini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют