» » O‘zbekistonda eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bola bepul operatsiya qilindi

O‘zbekistonda eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bola bepul operatsiya qilindi


Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan 2017—2018-yillar mobaynida barcha viloyat va tuman davolash-profilaktika muassasalariga chiqib amaliy yordam berish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra mutaxassislar aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan har yili qariyb 14 ming bemor bola statsionar sharoitda davolanmoqda, 4000 nafardan ortiq bemorga ambulator sharoitida malakali maslahat berilgan. Ushbu markazda ham joylardagi faoliyatga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda amalga oshirilgan 92 ta chiqish davomida 4,6 ming bemorda profilaktik ko‘riklar tashkil etildi. Eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada bepul koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida har yili 4000 dan ko‘proq bemorga statsionar yordam ko‘rsatilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida joylardagi 19 ta chiqish doirasida 2000 nafarga yaqin bemor ambulator sharoitida davolangan. “Dermatologlar amaliy maktabi” yo‘nalishida respublika bo‘ylab 386 nafar mutaxassis ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilib, 320 nafar bemorga o‘sha joyning o‘zida tibbiy maslahatlar berilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют