» » Pandemiya sharoitida grippga qarshi emlash nima uchun zarur? Mutaxassis javob berdi

Pandemiya sharoitida grippga qarshi emlash nima uchun zarur? Mutaxassis javob berdi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi emlash koronavirusdan himoya qilishi borasidagi savollarga aniqlik kiritdi.

Grippga qarshi vaksina odamlarni COVID-19’dan himoya qilmasligi, balki grippning rivojlanish xavfi, u bilan bog‘liq asoratlar, jumladan, kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytirishini aytildi.

“COVID-19 gripp mavsumida, ya’ni kuz-qish faslida xavfliroq bo‘ladi, shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish hozirgi davrda har qachongidan ham muhimroq. Bu farmkompaniyalar o‘yini yoki majburiy vaksinatsiya ham emas, lekin biz emlashni tavsiya etamiz”, — deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

Kuz-qish faslida respirator infeksiyalar ko‘p uchrashi, bu esa immun tizimini pasaytirishi va bemor ayni davrda koronavirus yuqtirib olsa, og‘ir kechishi mumkinligi bildirilgan. COVID-19 va gripp o‘zaro o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlar hamda yurak va o‘pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlarga qattiq ta’sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi emlash darajasining ko‘payishi ushbu fasllarda aholi orasida nafas yo‘li kasalliklarini kamaytirishi mumkinligi, shuningdek, pandemiya paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishning oldini olishi ta’kidlandi.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, agar reja tasdiqlansa, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattorova tuman hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman aholisining kamida 70 foizini grippga qarshi ommaviy emlashga kelishib olinganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, 2018 va 2019-yillarda Yunusobodda aholining faqat bir foizi grippga qarshi emlangan. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov esa grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘qligi va agar emlash vaqtida biror qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, odatiy tartibda qilinishi mumkinligini aytgan. 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют