» » Habibullo Oqilov: Grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q

Habibullo Oqilov: Grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov grippdan mavsumiy vaksina olish hozirgi vaziyatda qanchalik to‘g‘ri ekanligi borasidagi savolga aniqlik kiritdi.

Jumladan, aholidan kelib tushgan “Har kuzda biz oilamiz bilan grippdan emlanar edik. Bu yil ham olsak bo‘ladimi va bu xavfli emasmi?”, degan savolga professor Oqilov quyidagicha javob bergan:

“Grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q va agar o‘tkazilish vaqtida biror qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, odatiy tartibda qilinishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova bemor gripp bilan koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lsa, kasallik og‘ir kechishi, grippda immunitet past bo‘lsa, kasallik o‘tib ketadigan bo‘lsa, gripp chaqiradigan pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligi, bunda o‘pkaning yuqori qismlari zararlanishini aytgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari 1-oktabrga qadar grippga qarshi emlanishi ma’lum qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, agar reja tasdiqlansa, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattorova “tuman hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman aholisining kamida 70 foizini grippga qarshi ommaviy emlashga kelishib olingani”ni ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, 2018 va 2019-yillarda Yunusobodda aholining faqat bir foizi grippga qarshi emlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют