» » O‘zbekistonda gender masalalari bo‘yicha aniq statistika yuritiladi

O‘zbekistonda gender masalalari bo‘yicha aniq statistika yuritiladi


Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari uchun statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida dunyo bo‘ylab xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan. Bunday vaziyatda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish institutlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyati davlat rahbarining 2018-yil 2-iyuldagi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi paytda mamlakatda 197 ta shunday markaz faoliyat yuritmoqda.

Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning dekabr oyigacha 21 mingdan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan. Shundan 986 nafari erkak, 788 nafari bola va 19 784 nafari ayol hisoblanadi.

Biroq shu paytgacha markazlarda zo‘ravonlik bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish uchun kompleks ma’lumotlar yig‘ilmagan. Vaholanki, gender bo‘yicha statistikani ishlab chiqish va uni tahlil qilish bu sohada tenglikka erishish usullaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, aniq va to‘liq ma’lumotlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik haqida jamiyatni xabardor qilishga xizmat qiladi. Bunday axborotning mavjud emasligi ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samarasini baholashga imkon bermaydi.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Shvetsiya elchixonasi ko‘magida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari uchun statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bunday ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.

Elektron jurnal bir qator xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarning anonim bo‘lishi lozimligi hisobga olingan.

Avgust oyidan boshlab shelterlarning har bir mintaqaviy bo‘limi zo‘ravonlik qurbonlarining murojaatlaridan kelib chiqib to‘ldiradi. Har oy oxirida markazlar yangilangan ma’lumotlarni respublika reabilitatsiya markaziga yuboradi. Shu tariqa, gender masalalari bo‘yicha aniq ma’lumotlar to‘planadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют