» » Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam ko‘rsatish markazlari soni 155 taga yetdi

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam ko‘rsatish markazlari soni 155 taga yetdi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzurida 155 dan ortiq zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari (shelterlar) tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qarori asosida tashkil etilgan mazkur markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga manzilli, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish, o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Markazlarda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy, zarurat bo‘lganda, boshqa qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan.

Ana shunday og‘ir ahvolda qolgan ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona 1146 raqamli “Ishonch telefoni” ishga tushirilgan.

Aytish joizki, murojaatchi istagiga ko‘ra, uning shaxsi va murojaati sir saqlanishi kafolatlanadi.

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sir tutiladi.

Quyidagi havola orqali ularning tuman va shaharlar kesimida joylashuvi bilan tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют