» » “Real” Eden Azar transferiga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

“Real” Eden Azar transferiga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi Eden Azar transferi uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchi 12—23 yosh oralig‘ida to‘p surgan klublar transferdan 5% ulush olishi belgilangan. Bu oraliqda Azar uchta klubda to‘p surgan: “Tyubiz” (2005-yilgacha), “Lill” (2005—2012) va “Chelsi” (2012—2018).

COPE’ning Het Laatste Nieuws i La Derni?re Heure nashriga tayanib xabar berishicha, “Real” Azar transferi uchun “Chelsi”ga 2019-yil 40 million yevro, 2020-yilda 56 million yevro va 2021-yilda 64 million yevro o‘tkazib berishi kerak.

“Tyubiz” 2019-yilda 200 ming yevro, 2020-yilda esa 280 ming yevro olgan va 2021-yilda 320 ming yevroga ega bo‘ladi. Biroq Belgiya klubi ikkinchi yildagi to‘lovni qabul qilishda muammoga duch keladi va bu borada shikoyat qilishga hozirlanadi. Biroq “Real” vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qiladi.

Shu tariqa transfer kelishuvi hujjatlariga ko‘ra, “Real” belgiyalik futbolchi uchun 160 million yevro to‘lagani ma’lum bo‘lib qoldi. Bundan avval Madrid klubi Azar uchun 100 million yevro atrofida pul sarflagani aytilardi.

2019/20-yilgi mavsumning katta qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Azar La Ligada 16 o‘yin o‘tkazib, bir gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют