» » Real Azar transferi borasida Chelsi bilan kelishuvga erishdi

Real Azar transferi borasida Chelsi bilan kelishuvga erishdi


Chelsi Eden Azarni Realga 115 million funt (taxminan 130 million yevro) evaziga sotishga tayyor.

London klubi uzoq vaqtdan buyon belgiyalik futbolchining narxini 150 million yevroga tushirishni rad etib kelayotgandi. The Sunning xabar berishicha, aristokratlar oyinchini arzonroq narxga qoyib yuborishga rozi.

Manbaga kora, Qirollik klubi Azarga 4 yilga moljallangan shartnoma taklif qildi va u haftasiga 400 ming funt maosh oladi. Futbolchining ozi shartnoma 4-iyunga qadar imzolanishini xohlamoqda.

Qayd etish joiz, Chelsi voyaga yetmagan futbolchilarni royxatga olish hamda transfer qoidalarini buzganligi sababli 2020-yilning yanvar oyiga qadar yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi.

Eslatib otamiz, Azarning Chelsi bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning 30-iyun sanasida tugaydi. Hujumchi londonliklar safida 2012-yildan buyon top surib keladi.

Malumot uchun, belgiyalik tugallangan mavsum Chelsi tarkibida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 16 ta golga assistentlik qildi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (29-05-2019, 15:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -