» » “Chelsi” Eden Azarning narxini oshirib yubordi

“Chelsi” Eden Azarning narxini oshirib yubordi


29-may kuni “Chelsi” hamda “Arsenal” klublari o‘rtasida kechadigan Yevropa Ligasi final uchrashuvidan so‘ng “Real Madrid” Eden Azar transferi masalasi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqadi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

“Chelsi” 28 yoshli belgiyalikni 130 million funtga baholamoqda. “Aristokratlar” Yevropa Ligasini yutgan holatda ham futbolchining narxini kamaytirish niyatida emas.

“Qirollik klubi”, o‘z navbatida, Azar uchun 88 million yevrodan sal ko‘proq mablag‘ taklif qilmoqchi. Shu bilan birga madridliklar yozda transfer muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Azarning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning 30-iyunida tugaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют