» » “Chelsi” Azar uchun “Real”dan 100 mln funtdan ko‘p mablag‘ so‘ramoqda

“Chelsi” Azar uchun “Real”dan 100 mln funtdan ko‘p mablag‘ so‘ramoqda


“Real” hali ham “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Ushbu haftada muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi, bunda madridliklar mavsum oxiriga qadar 28 yoshli belgiyalik bilan transfer shartnomasi yuzasidan kelishuvga erishmoqchi.

“Real” Azar uchun 85 million yevro to‘lashga tayyor, “Chelsi” esa 100 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda.

Avvalroq xavbek “Qirollik klubi”ga o‘tish uchun londonliklar bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgandi. Uning “aristokratlar” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar joriy mavsum Angliya premyer ligasi doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 14 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют