» » “Chelsi” Eden Azarni sotishga rozi bo‘ldi

“Chelsi” Eden Azarni sotishga rozi bo‘ldi


“Chelsi” rahbariyati jamoa hujumchisi Eden Azarni “Real”ga 87 million funt (100 million yevro atrofida) evaziga sotishga tayyor.

London klubi uzoq vaqt mobaynida belgiyalik futbolchining narxini 100 million funtdan tushirmay kelayotgandi.

Daily Mail’ning xabar berishicha, hozirda “aristokratlar” o‘yinchini arzonroq mablag‘ga qo‘yib yuborishga tayyor.

Avvalroq futbolchi o‘zining jamoadan ketish haqidagi qarorini ma’lum qilgandi. Ma’lumot uchun, Azar 2012-yildan buyon londonliklar safida to‘p surib keladi.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik o‘yinchi Angliya Premyer ligasida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta golga mualliflik qildi va 15 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют