» » Eden Azar kuchli beshlikdagi eng yaxshi assistentga aylandi

Eden Azar kuchli beshlikdagi eng yaxshi assistentga aylandi


Angliya Premyer ligasining 37-turida “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar “Uotford”ga qarshi o‘yinda 2 ta golli uzatma berdi (3:0).

Belgiyalik futbolchi Angliya chempionatining joriy mavsumida 15 ta golga assistentlik qildi va bu borada top-5  chempionat futbolchilari orasida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Undan keyingi o‘rinlarda “Bornmut” vingeri Rayan Freyzer va Dortmundning “Borussiya” klubi xavbeki Jeydon Sancho 14 tadan golli pas bilan 2-o‘rin, 13 ta golli uzatma bergan Lionel Messi (“Barselona”) esa 3-pog‘onani egallab turibdi.

Shuningdek, belgiyalik futbolchi mazkur musobaqa doirasida “gol+pas” tizimida 31 ochko jamg‘ardi (16+15).

So‘nggi bor 2009/10-yilgi mavsumda “Chelsi”ning ikki nafar futbolchisi Didye Drogba (39 ochko) va Frenk Lempard (36) “gol+pas” tizimida 31 va undan ko‘p ochko to‘plagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют