» » 19 yoshli ingliz futbolchisi kuchli beshlikdagi eng yaxshi assistentga aylandi, undan hatto Messi ham ortda qolmoqda

19 yoshli ingliz futbolchisi kuchli beshlikdagi eng yaxshi assistentga aylandi, undan hatto Messi ham ortda qolmoqda


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-turida “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Jeydon Sancho “Shalke”ga qarshi o‘yinda golli uzatma berdi (2:4).

Bu 19 yoshli futbolchining joriy mavsum Bundesligadagi 14-golli uzatmasi bo‘ldi.

U bu borada kuchli beshlik chempionatlaridagi futbolchilar orasida yetakchiga aylanib oldi. Sanchodan keyingi o‘rinlarda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi, “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar va “Sevilya” xavbeki Pablo Sarabiya bormoqda. Ularning hisobida 13 tadan golli uzatma mavjud.

Bundan tashqari Jeydon Sancho 9 yil ichida Yevropaning 5 ta yetakchi chempionatlaridan birida to‘p surib, 14 ta golga assistentlik qilgan ilk ingliz futbolchisi bo‘ldi.

Bundan avval “Chelsi” sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard 2009/10-yilgi mavsumda Premyer liga doirasida 14 ta golli pas bergandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют