» » “Milliy TV” telekanali ishga tushganiga to‘rt yil to‘ldi

“Milliy TV” telekanali ishga tushganiga to‘rt yil to‘ldi


“Milliy TV” madaniy, musiqiy-ko‘ngilochar telekanali 2016-yil 4-avgust kuni test-sinov rejimida ilk bor efirga chiqqan edi. Sentabr oyidan esa telekanal ko‘rsatuvlari to‘laqonli ravishda namoyish etila boshlandi.

Faoliyatini 20 ga yaqin xodim bilan boshlagan telekanal dastlab Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududini qamragan bo‘lsa, keyinchalik, qisqa vaqt ichida butun O‘zbekiston bo‘ylab tunu kun efirga chiqadigan bo‘ldi.

Telekanal tomonidan 2017-yil 8-sentabrda tashkil etilgan “O‘zbegim” festivalida damlangan 8 tonnalik palov Ginnessning Rekordlar kitobidan o‘rin oldi. Festival doirasida “O‘zbegim” kitobi chop etildi.

O‘tgan to‘rt yilda “Shirchoy”, “MTV-shou”, “Holva”, “Lazzat oshxonasi”, “Otalar so‘zi” kabi loyihalar telekanal yuziga aylandi; pandemiya davrida efirga chiqa boshlagan “Tez yordam” esa aholi orasida koronavirus vahimasini yengishga ko‘mak berdi.

Telekanal o‘zbek shou-biznesi uchun keng maydonga aylandi; kuzatuvchilarning qayd etishicha, ko‘p yillar “zapret”da bo‘lgan Sherali Jo‘rayev, Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidova kabi san’atkorlar aynan “Milliy TV” orqali efirga qaytdi.

“‘Milliy TV’ O‘zbekiston zamonaviy, zamon bilan hamnafas mamlakat ekanini dunyoga, boy tarixiy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni yurtdoshlarimizga namoyish etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bundan keyin ham shu niyatini amalga oshirishda davom etadi”, — deyiladi telekanalning “Daryo”ga taqdim etilgan axborotnomasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют