» » Millatlar Ligasi. Niderlandiya Polshadan ustun keldi, Italiya o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Millatlar Ligasi. Niderlandiya Polshadan ustun keldi, Italiya o‘z uyida ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 4-avgust, juma kungi o‘yinlar yakunlandi.

Niderlandiya terma jamoasi o‘z uyida Polshani qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada Steven Bergveyn maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Mazkur gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi bahs olib bordi. Dastlab mehmonlar 57-daqiqada Edin Jekoning golidan keyin hisobni ochdi. Biroq oradan o‘n daqiqa o‘tib, Italiya bunga Stefano Sensining goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Qozog‘iston terma jamoasi Litva maydoniga safar qildi. Baxtiyor Zaynutdinov va Islambek Kuatning gollari qozog‘istonliklarga g‘alaba keltirdi. Belarus esa o‘zida Albaniyaga imkoniyatni boy berdi.

Erling Holandning goli Norvegiyani Avstriyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Shimoliy Irlandiya esa bir o‘yinchi kam bo‘lib Ruminiyadan ochko tortib oldi.

Slovakiya va Chexiya jamoalari o‘rtasidagi bahsda chexlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, Shotlandiya Isroil bilan durang o‘ynadi.

UEFA Millatlar Ligasi

1-tur bahslari

4-sentabr, juma

Gol: 1:0 – 61 Bergveyn.

Niderlandiya: Sillessen, Veltman, van Deyk, Hatebur, Ake, Veynaldum, de Ron, Bergveyn (van de Bek, 74), de Yong, Promes, Depay.

Polsha: Shensni, Bednarek, Kendzera, Glik, Bereshinski, Krixovyak, Shimanski, Yuzvyak (Grositski, 71), Klix, Zelinski (Moder, 77), Pyontek (Milik, 63).

Ogohlantirishlar: Piontek (21), Klix (33), Yuzvyak (56), Glik (63), de Ron (71), Depay (74), de Yong (89), Bednarek (90).

Gollar: 0:1 – 57 Jeko, 1:1 – 67 Sensi.

Italiya: Donnarumma, Biragi, Bonuchchi, Florensi, Acherbi, Sensi, Pellegrini (Kin, 86), Insinye, Barella, Keza (Zaniolo, 71), Belotti (Immobile, 73).

Bosniya va Gersegovina: Shexich, Kolashinats (Chivich, 84), Sanichanin, Shunich, Sipetich, Simirot, Goyak, Xajiaxmetovich, Vishcha (Miloshevich, 86), Jeko, Xodjich (Beshich, 77).

Ogohlantirishlar: Belotti (65), Zaniolo (79), Bonuchchi (79), Simirot (79).

Gollar: 0:1 – 3 Zaynutdinov, 0:2 – 86 Kuat.

Gollar: 1:0 – 45, penalti Kristi, 1:1 – 73 Zaxavi.

Gollar: 1:0 – 25 Pushkash, 1:1 – 86 Uayt.

Gollar: 0:1 – 48 Soufal, 0:2 – 53, penalti Dochkal, 0:3 – 86 Krmenchik, 1:3 – 88 Shrans.

Gollar: 0:1 – 23 Sikaleshi, 0:2 – 78 Bare.

Gollar: 0:1 – 35 Gregorich, 0:2 – 54, penalti Zabitser, 1:2 – 66 Holand.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют