» » Jeyms Bond haqidagi yangi filmda Land Rover Defender avtomobili salto otadi (video)

Jeyms Bond haqidagi yangi filmda Land Rover Defender avtomobili salto otadi (video)


Universal Pictures studiyasi Jeyms Bond haqidagi 25-film — “O‘lish vaqti emas”ning ikkinchi treylerini e’lon qildi. Yangi rolik qisman avtomobil tryuklariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular orasida Land Rover Defender tomonidan amalga oshirilgan salto va pulemyot o‘rnatilgan Aston Martin DB5 driftini ko‘rish mumkin. Bir nechta kadrlarda Valhalla, Series II V8 Vantage va DBS Superleggera superkarlari ham ko‘zga tashlangan.

Film agent 007’ning iste’fodan so‘ng yana xizmat qaytishiga bag‘ishlangan (bosh rolni beshinchi bor Deniel Kreyg ijro etgan). Qadrdon do‘sti, MRB agenti Feliks Leyter (Jeffri Rayt) bilan Jeyms Bond o‘g‘irlab ketilgan olimni qidirish uchun otlanadi.

Shuningdek, ekranga Kristof Vals, Reyf Fayns va Ben Uishou ijrosidagi eski qahramonlar ham qaytadi. Kartinaga Keri Fukunaga (“Haqiqiy detektiv”, “Manyak”) rejissorlik qilgan bo‘lib, u Denni Boyl o‘rnini egallagan. Ssenariy muallifi — Fibi Uoller-Brij (“Yevani o‘ldirib”), kompozitor — Xans Zimmer.

Koronavirus pandemiyasi sabab filmning katta ekranlarga chiqish vaqti apreldan noyabrga ko‘chirilgan. Jahon premyerasi 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют