WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Bangladeshdagi masjidda konditsionerlar portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshdagi masjidda konditsionerlar portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshning Narayanganj shahrida masjiddagi olti konditsionerning portlashi natijasida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam jarohat olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-sentabr kuni “Baytus Salat” jome masjidida musulmonlar namoz o‘qiyotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Portlash natijasida masjid derazalari singan, shiftga o‘rnatilgan ventilyatorlar yonib ketgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash quvur liniyasidan sizib chiqib, keyin to‘planib qolgan gaz sabab yuzaga kelgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, barcha qurbonlar og‘ir darajada kuygan. Vafot etganlarning nafas yo‘llari kuyib ketgan. Jabrlanganlardan 26 kishining ahvoli og‘irligi qayd etilgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?