» » O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Uni bitirganlar OTMda kirish imtihonlarisiz, 2-kursdan boshlab o‘qishi mumkin

O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Uni bitirganlar OTMda kirish imtihonlarisiz, 2-kursdan boshlab o‘qishi mumkin


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida O‘rmon xo‘jaligi texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unda belgilanishicha, texnikum respublikadagi o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha tayanch o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’lim muassasalarining o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.

Texnikumda ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini joriy etish, muvofiqlashtirish, metodik yordam ko‘rsatish Toshkent davlat agrar universiteti va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha rahbarlik qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Texnikumning asosiy vazifalari qatoriga

Belgilanishicha, texnikumga o‘quvchilarni qabul qilish kvotalari va ta’lim yo‘nalishlari istisno tariqasida 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlari asosida shakllantirilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Turdosh ta’lim muassasalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Texnikumni o‘rmon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish platformasi — “texnikum.edu.uz” 25-avgust, seshanba kuni soat 14:00 dan boshlab ishga tushirildi. Akademik litseylarga saralash imtihonlari 7-sentabrdan 15-sentabrgacha o‘tkazilishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning har bir viloyatida bittadan namunali kollej, texnikum va kasb-hunar maktabi tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют