» » UFC. Alistar Overim Augusto Sakaini taslim etdi, asosiy kardning barcha janglari muddatidan avval yakunlandi

UFC. Alistar Overim Augusto Sakaini taslim etdi, asosiy kardning barcha janglari muddatidan avval yakunlandi


Toshkent vaqti bilan 6-avgust tongida AQShning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 176 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

UFC kechasining asosiy jangi Alistar Overim (47-18-1) va Augusto Sakai (15-2-1) o‘rtasida kechdi. Unga tajribali Overim beshinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga taslim etdi.

Asosiy kardning boshqa janglari natijasi bilan tanishing:

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA

Asosiy kard janglarida ikkita o‘zgarish sodir bo‘ldi. Tiagu Moyzes (13-4) va Jalin Tyorner (9-5) o‘rtasidagi jang sportchilarning birida koronavirus anilangani sabab bekor qilindi va uning o‘rniga Andre Muniz — Bartosh Fabinski jangi asosiy karddan o‘rin oldi. Shuningdek, Brayan Kelleherga raqib bo‘lishi kerak bo‘lgan Kevin Neytivided (9-1) o‘rnini Rey Rodriges egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют