» » Yig‘ish uchun 2000 soat sarflangan olti g‘ildirakli syorferlar uslubidagi yuk mashinasi namoyish etildi (foto)

Yig‘ish uchun 2000 soat sarflangan olti g‘ildirakli syorferlar uslubidagi yuk mashinasi namoyish etildi (foto)


Yuk mashinalari texnikasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi Nyu-Jersidagi Brown Truck Group firmasi o‘zi yaratgan mashinani sotuvga qo‘ydi: “Vudi” nomli International Lonestar. 1933—1935-yillardagi syorferlar uslubida yaratilgan Woody Wagon xot-rodi kabi ko‘rinishga ega uchta o‘qli yuk mashinasini yaratish uchun 2000 soat vaqt sarflangan. Uning narxi 375 ming dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

Mashina “Vudi” nomini (wood — daraxt) ushbu materialdan o‘z eksteryeri va interyerida ko‘p foydalangani uchun olgan: yuk mashinasi yon oynalari 10 qavatdan ortiq lak surtilgan zarangdan ishlangan. Olti g‘ildirakli yuk mashinasining uzunligi 8 metrga yetadi, og‘irligi esa 9 tonnadan ortiq.

“Vudi” quvvati 400 dan ortiq ot kuchiga teng 15 litrli Cummins dizel dvigateli yordamida harakatga keladi, u to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi orqali boshqariladi.

Yuk mashinasi zamonaviy avtomobillardan kam jihozlanmagan: haydovchi va yo‘lovchilar ixtiyorida Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi, stakan qo‘ygichlar, planshet qotirgich, shuningdek, har bir o‘rindiqda rozetka mavjud.

Bundan tashqari, mashina jamlanmasidan kalitsiz o‘t oldirish, tashqi oynalarni isitish, to‘rtta kamera, atrofdagi harakatni monitoring qilish, shuningdek, tezlikdan ogohlantirishda tizimiga ega bo‘ladi. Tom qismida syorfing qotirish uchun doska, shu bilan birga, yig‘ma zina mavjud.

Vudi-karlar AQShdan o‘tgan asrlarda mashhurlikka erishgan. Biroq yog‘och materiallarning samarasizligi sabab moda tezda yo‘qqa chiqqan.

Mavzuga doir: Ford F-600 bazasida yaratilgan 60 yillik xot-rod auksionga qo‘yildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют