» » Namangandagi maxluq izidan: Daryo muxbiri voqealar yuz bergan xonadonlarda boldi (video)

Namangandagi maxluq izidan: Daryo muxbiri voqealar yuz bergan xonadonlarda boldi (video)


Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi mahallalarda nomalum shaxs xonadonlarga kirayotgani haqidagi ovozalar bir oydan beri tingani yoq. Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev mazkur tumanda bolib, mutasaddilar, tinchi buzilgan xonadon egalari bilan uchrashdi va muloqotda boldi.

Totixon Kamolova, Kosonsoy tumanidagi Hurriyat-2 MFY rais orinbosari:

Bu shov-shuvlar tumanda dastlab bizning mahalladan boshlandi. Qurbon hayitidan keyin, avgust oyining ilk kunlarida. Fuqarolarimizdan biri xonadoniga nomalum shaxs kirgani haqida xabar berdi. Keyin buni qoshni kochada yashovchilar ham tasdiqladi. Ichki ishlar xodimlarini chaqirib, ular bilan birga uyma-uy yurib, tomlarga chiqildi, navbatchiliklar tashkil etildi. Hozircha oxiriga yetolganimiz yoq, lekin 10 kundan beri tinchmiz, qayta murojaatlar bolmadi.

Bundan uch yil avval ham aynan shunga oxshash murojaat bolgandi. U ham bir ovoza boldi, keyin oz-ozidan tinchib ketdi...

Avazxon Tillayev, Kosonsoy tumanidagi Hurriyat-2 mahallasi fuqarosi:

Bu voqea bizga qoshni xonadonda yuz berdi. Egalari kochib ketishgan, biz qarab turamiz. Uydagilar bizning hovlidagi ayrim narsalar qoshni xonadonga olib chiqib qoyilganini aytganidan song ular qorqmasin deb qoldim. Ertasiga taxminan soat 18:00 atrofida, asr namozidan song kochaga chiqdim. Shunda qoshni uyda kimdir yuribdi deb xabar berishdi, ichkariga kirganda men ham qadam tovushlarini eshitgandek boldim. Shoshib ortadagi darchadan qoshni uyga otdim. Shunda u gilos daraxtidan tomga chiqqanini kordim.

Hech qanday maxluq yoki mavjudot emas, qora futbolka kiygan, ortacha jussali odam edi. Ortidan pastga tokilib yotgan olmalarni ham otdim. Yerga sakragandek boldi, yugurib tashqariga chiqsam, hech zog yoq, ketib bolgan ekan.

Hozir vaziyat tinch, ammo uydagilarda, ayniqsa, ayollarda qorquv bor. Ozim haydovchiman, lekin ularni xavotirga solmaslik, dalda bolib turish uchun ishga ham chiqmayapman.

Abduqodir Hamroyev, Kosonsoy tumanidagi Obod MFY rais orinbosari:

Hurriyat-2 mahallasidan song bu mish-mishlar bizda tarqaldi. Hududda 5 ming nafardan ortiq aholi yashaydi. Oz nomi bilan obod, tinch joylar, yil boshidan beri jinoyat qayd etilgani yoq.

Nomalum shaxs yoki maxluqni kordim deb hushidan ketgan kelinchakning xonadoniga IIB xodimlari bilan bordik, tun qorongisigacha tekshirdik, surishtirdik. Chordoqlarga chiqildi, yertolalar kozdan kechirildi. Shu qizimizdan boshqa kishi uni kormagan, ozi ham aniq tariflab berolmayapti, chunki kuchli hayajon, zoriqishda bolgan. Biroq xotirjamlikka berilganimiz, nazoratni susaytirganimiz yoq. Aholini sarosima va xavotirga solishi mumkin bolgan har qanday holatga zudlik bilan munosabat bildirishga harakat qilyapmiz.

Ibrohim Usmonov, Kosonsoy tumanidagi Obod mahalla fuqarosi:

Bundan ikki haftacha oldin soat 17:55 da turmush ortogim qongiroq qilib, nima taom tayyorlashni, qachon kelishimni soradi. Gaplashib, javobimni aytib bolganimdan song 20 daqiqa otib, qoshni xotin telefon qildi va ayolim hushsiz yotganligini aytdi. Men uyga kirib kelganda tez tibbiy yordam ham yetib kelgan va shifokorlar turmush ortogimni oziga keltirishga urinayotgan ekan.

Ayolimning aytishicha, men bilan gaplashib bolganidan song ikki oylik qiz chaqalogimiz yotgan kolyaska tomon borganida kolyaskadan 2 metr chamasi naridagi ustalar ishlatadigan yogoch eshakning ustida junli bir maxluqni korgan. U qizalogimga qarab, qandaydir imo-ishoralar qilgan va shundan song xotinim hushidan ketgan. Kochada oynab yurgan oglim hovliga kirganidan song oyisining bu holatini korib, qoshni ayolni chaqirib kelgan.

Hovlimizdagi xonalardan biriga kirilgan va galadonlar ostin-ustun qilingan, shkaf eshiklari ochilgan. Qiziq tomoni, galadonda turgan ikkita yangi telefonga tegilmagan. Shundan keyin soritok orqali tomga chiqib, qochib ketgan deb taxmin qilyapmiz.

Ichki ishlar xodimlari uyga kelib, holatni organib, surishtiruv ishlarini olib borishdi.

Shu voqeadan song darvozaga va hovlimizga kuzatuv kameralari ornatdim. Ertaroq shu ishni qilganimda barchasiga allaqachon oydinlik kiritgan bolar ekanmiz. Hozir turmush ortogimning holati yaxshi, faqat osha kungi hodisalarning tasiri, asoratlari baribir bilinib turibdi...

Qodirxon Azizov, Kosonsoy tumani bosh imom-xatibi:

Insoniyat paygambarimiz sunnatlari, ummatga tavsiya etilgan kundalik zikr va tasbehlardan uzoqlashsa, shunday gayritabiiy narsalarga ishonuvchanlik kayfiyati kuchayadi. Tumanimizdagi bunday holatlar haqida biz ham kop eshitdik. Ularning aksariyati aniq-tiniq malumotlar emas, taxmin gaplar. Kishi ozi bilmagan va kormagan, dalil-isboti yoq narsalari haqida gapirishi sharan joiz emas. Insonda qorquv bolsa har bir sharpadan xavotirlanishi tabiiy. Qorqqanga qosha korinar deb bejiz aytilmagan.

Jinlar haqida kop gapirilyapti. Paygambarimiz davrlaridan beri hech kim jinni kormagan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham bunday gap-sozlarni qoralaganlar. Turli ziyon-zahmat va xayolotlardan saqlanish uchun esa dinimizda tavsiya etilgan sura, oyat va duolarni oqib yurish kifoya.

Shuhrat Yusufjonov, Kosonsoy tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bolimi boshligi:

Aholini tashvishga solayotgan mazkur holat dastlab Hurriyat-2 mahallasida kuzatildi va u yerga tergov-tezkor guruhi chaqirildi. Voqea joyi organildi, fuqarolardan korsatmalar olindi.

Bizga bir narsa xalaqit beryapti murojaat bolayotgan joylarda haddan tashqari kop odam toplanmoqda. Bunday vaziyat iz olish yoki qandaydir ashyoviy dalillarni qolga kiritishda muammo tugdiradi.

Surishtiruvlar natijasida ayon bolyaptiki, shov-shuvlarga sabab bolayotgan narsa gayritabiiy mavjudot yoki maxluq emas. Olingan izlar bu odam ekanligini korsatmoqda. Dastlabki gumonlanuvchilarimiz ham bor, hozir shu yonalishda ishlayapmiz. Tez orada buning natijalari haqida malumot beramiz, degan umiddaman.

Eslatib otamiz, 2019-yilda Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xojaligi yeridan ota shifobaxsh suv chiqqani togrisidagi xabarlar omma ortasida katta qiziqish va shov-shuvgasabab bolgandi. Keyinroq viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markazishifobaxsh suv aslida istemolga yaroqsiz ekanliginimalum qilgan.Ozga sayyoraliklar bilan uchrashganini aytib, mashhur bolganJumanazar akahamNamangan viloyati Uchqorgon tumanidan edi.

Shuningdek, Namanganda gayrioddiy portlash ovozlari ham tez-tez eshitilib turadi. 2018-yil 6-dekabr kuni Namanganda ilk bor qattiq gumburlash ovozi eshitilgandi. Oshanda avvaliga Mingbuloq neft konida portlash yuz bergani malum qilindi, keyinchalik bu xabarrad etildi. 14-dekabrda esa bu holat yanatakrorlangandi.2019-yil 29-mart kuni Namanganda yana bir bor kuchli gumburlashsodir bolgan.

Mavzuga doir: Namangandagi maxluq gayritabiiy mavjudot emas, odam ekanligi malum qilindi



Manba: Daryo.uz
: admin (6-09-2020, 14:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -