» » Antuan Grizmann Fransiya terma jamoasida antirekord qayd etdi

Antuan Grizmann Fransiya terma jamoasida antirekord qayd etdi


Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 1-turi doirasida 5-sentabr kuni Shvetsiyaga qarshi bahs olib bordi va Kilian Mbappening yagona goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi (1:0).

Ikkinchi bo‘limda qo‘shib berilgan vaqtda fransiyaliklar penalti ishlab oldi, biroq jamoa hujumchisi Antuan Grizmann 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa Grizmann Fransiya terma jamoasi safida ketma-ket uchinchi marta penaltidan gol ura olmadi va bu natijani qayd etgan terma jamoaning ilk futbolchisiga aylandi.

Grizmann “Barselona” safida La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 35 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 5 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют