» » Jeymi Karrager: Lionel Messini APLda ko‘rishdan juda xursand bo‘laman, ammo “Liverpul”da emas

Jeymi Karrager: Lionel Messini APLda ko‘rishdan juda xursand bo‘laman, ammo “Liverpul”da emas


“Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Barselona” hujumchisi Lionel Messini Premyer Ligada ko‘rish istagida ekani haqida gapirdi.

Messini APLda ko‘rishni istayman, garchi uning “Manchester Siti”da o‘ynashi “Liverpul”ning sovrin uchun kurashini qiyinlashtiradigan bo‘lsa ham.

Uni har bir turda kuzatishni, uning ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ko‘rishni, tahlil qilishni istardim. Kelasi yili “Manchester Siti” uni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, juda xursand bo‘lardim.

Bu g‘alati eshitilishi mumkin, ammo uni “Liverpul”ga o‘tishini xohlamagan bo‘lardim. Menimcha, “Liverpul”da jamoaviy intizom “Manchester Siti”ga qaraganda katta rol o‘ynaydi, “shaharliklar” esa afsungarlik qila oladigan alohida o‘yinchilarga tayanadi.

Shuningdek, kelishuvning moliyaviy tomoni miyani portlatib yuboradi va mazkur transfer kiyinish xonasiga qanday ta’sir qilishi ham noma’lum.

Yana bir savol — moliyaviy feyr-pley nima bo‘ladi? Bu borada hozircha hech narsa bilmayman, ammo Messi Angliyaga keladigan bo‘lsa, bu APL uchun juda yaxshi bo‘ladi.

Jeymi Karrager, “Liverpul” sobiq futbolchisi, TV eksperti

Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyida “Barselona” tark etish istagida ekanini ma’lum qildi va “Manchester Siti”ga yo‘l olishni xohlagandi. Biroq katalon klubi uni qo‘yib yuborishni istamadi va argentinalik futbolchi “Barselona”da qolishini ma’lum qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют