» » Oliy Majlis deputati aytgan gapidan qaytdi: Toyloq tumani haqidagi xabar yana bir bor rad etildi

Oliy Majlis deputati aytgan gapidan qaytdi: Toyloq tumani haqidagi xabar yana bir bor rad etildi


“Daryo”da “Samarqandda asli fermer bo‘lgan mahalla raisi kambag‘allar uchun ajratilgan yordam pulini o‘z ishchilariga tarqatdi” sarlavhali xabar e’lon qilingandi. Mazkur xabarda keltirilgan faktlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navro‘z Rizayev hamda G‘ayrat Abdiyevlar bergan ma’lumotga asoslangan edi.

Ko‘p o‘tmay, mazkur xabarga munosabat bildirgan Toyloq tuman hokimligi hududda ikki yuzdan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganini rad etdi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevga mazkur ma’lumotni bergan deputat ham aytgan gapidan qaytdi.

“Toyloqdagi ikki yuz nafar odamning noto‘g‘ri ro‘yxatga kiritilib, keyin chiqarilgani haqida menga berilgan axborotni anglashilmovchilikda, boshqacha talqin qilganman. Buni tahlil qildim. Bu keyin aniq bo‘ldi. Beayb Parvardigor”, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev o‘z xatosini tan olar ekan.

Toyloq tuman hokimligi, shuningdek, xabardagi “ayrim joylardagi mahalla raislarining fermer xo‘jaligi ham bor bo‘lib, ular ishchilariga oylik so‘ramaslik sharti bilan ehtiyojmand aholiga berilishi lozim bo‘lgan yordam pullarini berib yuborgan”, degan jumlaga ham e’tiroz bildirib, tumanda bunday holat yo‘qligini yozgan.

Vaholanki, mazkur xabarda MFY raislari orasida asli fermerlar bo‘lgani va moddiy yordam pullarini ishchilariga berib yuborgani haqidagi gapda Toyloq tumani tilga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis deputatining Toyloq tumanida ikki yuzdan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilgani, keyinchalik deputatlar aralashuvi bilan ro‘yxat o‘zgartirilgani xabar berilgandi. Isbot sifatida deputatning ovozi ham tarqatilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют