» » Haftalik dayjest: Mustaqillik va Renessans, stadiondagi imtihon oyinlari, Kavasaki sindromi

Haftalik dayjest: Mustaqillik va Renessans, stadiondagi imtihon oyinlari, Kavasaki sindromi


Hammaning ogzida bu yilgi test sinovlari oyin bolib ketgani. Ha, stadion oyin uchun qurilgan bolsa, yana nimani kutgandingiz? Assalomu alaykum. Dayjestimizdan ochiq osmon ostidagi testlar mavzusi ham orin olgan.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami pandemiya manzarasida ancha sokin otdi. Bayram oila davrasida nishonlanib, mushakbozlik tashkil etilmadi. Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga va Mustaqilik maydoniga bordi, ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoydi. Ozbekiston mustaqilligining yigirma toqqiz yilligiga bagishlangan tantanali marosimda nutq sozlagan prezident Ozbekistonda yangi bir uygonish uchinchi Renessans davriga poydevor qoyilmoqda, deb aytdi.

Mustaqillik bayrami bilan Xitoyning Ozbekistondagi elchisi Szyan Yan va Turkiyaning Ozbekistondagi elchisi Mehmet Surayyor Er tabrikladi. Etiborlisi ular ikkovi ham ozbek tilida tabrikladi. Avvaldan ozbekchaga tili kelishib qolgan AQSh elchisi Daniel Rozenblyum bu safar ham ozbekistonliklarni ozbekchalab muborakbod qildi. Qarangki, mister Rozenblyum ayni Mustaqilligimiz kuni uylangan ekan, toylarining 29 yilligi bilan ayolini ham tabrikladi.

* * *

Koronavirus yuqtirish holatlari, aniqrogi, uni rasman qayd qilish holatlari yigirma kundan beri kamaymoqda. Biroq dushmanning bittasi ham kopligini yoddan chiqarmaslik lozim. Aksiga olib, Kavasaki sindromi degan xastalik ozbekistonlik bir bolada kuzatilgani kopchilikni tashvishga solib qoydi. Bu sindrom koronavirus tasirida bola organizmida kechadigan kuchli yalliglanish, qon-tomirlar otkazuvchanligi buzilishini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bolaning tana harorati besh va undan ortiq kunlarda 38 darajadan yuqori boladi, tanasiga turli toshmalar toshadi, qollar kafti va tovon terisining kochishi kuzatilishi mumkin.

Ehtiyot bolish kerak. Shuning uchun maktablar qatiy sanitariya qoidalariga amal qilishi belgilab olindi. Maktablarda dars mashgulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi. Darslar tabaqalashtirilgan tartibda boshlanadi, yani: 14-sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 58-sinflar soat 08:30 gacha hamda 911-sinflarning kelishi soat 09:00 gacha alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini olchagan holda amalga oshiriladi. Darslar sinf sistemasida olib boriladi, yani barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi. Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi, oqituvchilar tomonidan emas.

Koronavirus Ozbek milliy akademik drama teatri direktori, xizmat korsatgan artist Fathulla Masudovni 57 yoshida olib ketdi. Avvalgi hafta Sotti roli bilan mashhur bolgan taniqli aktrisa Dilbar Ikromova koronavirusdan koz yumgan edi. Ulkan qozonda pishirgan palovini Ginnes rekordlar kitobiga kirgizgan taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy hozir shifoxonada koronavirusdan davolanmoqda.

Ozbekistonda tashqaridagi koronavirusni yoq qiluvchi texnologiya yaratilgani aytilmoqda. U havodagi va narsa-buyumlarning sirtidagi koronavirusga qiron keltiradi, deyilyapti.

* * *

Ozbekistonda Pillachilik va qorakolchilikni rivojlantirish qomitasi ham tashkil etiladigan boldi. Qomita pillachilik va qorakolchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni taminlash; tut plantatsiyalari va yaylovlarning qatiy hisobini yuritish va fondini organish, shuningdek, pillachilik va qorakolchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash; ipak qurti va qorakol zotli qoylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish va boshqa vazifalarni bajaradi. Qomitalar soni ondan oshdi.

* * *

Soxlik bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) ikkinchi sentyabr kuni qoyib yuborildi. Advokatning aytishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun yetarli asoslar bolmagan.

Ammo bu hafta yana bir blogerga nisbatan noxush munosabat boldiki, uni dayjestimizga qoshdik. Namanganlik videomontajchi bloger Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi yaratgan hajviy videosi internetda keng tarqalib ketdi. Videoda 6 sekund deb yozilgan taksini va avtomashina orqa oynasida pushti rangdagi kalta paypoqni korish mumkin. Keyin Shavkat Egamberdiyevning ozi yelkasida konditsioner kotargan holda korinadi va chontagidan dollar valyutalarini chiqarib, havoga sochadi. Pullar Cartel va Brakfa yozuvlari aks etgan binolar tomonga uchadi. Shuningdek, Cartel binosinining pastida lyubaya monopoliya xorosha va duxa net kabi jumlalar yozilgan. Banknotalar shamol parraklari tomon uchadi, boshqa tomondan esa maishiy texnika vositalari chiqadi. Brakfa deb yozilgan binoning tom qismida Jahongir Ortiqxojayevga oxshash kishi Gangnam Style uslubida raqsga tushmoqda...

Bu video chiqqach, Artelchilar ijtimoiy tarmoqda montajchini tanqidboron qildi. Kompaniya vakili bloger bilan suhbatlashish uchun atay Namanganga borgan. Shundan keyin Shavkat Egamberdiyev Instagram orqali uzr soradi. Fayzbog.uz voqeaga bagishlab quyidagi fotokollajni ulashdi.

* * *

Yurtimiz musulmonlari uchun bu hafta juma namozini masjidda ado etish quvonchini hadya etdi. Yarim yildan beri juma namozi oqilmagan masjidlar juma kuni kop sonli namozxonlar bilan tolib-toshdi. Maxsus komissiya belgilagan qoidalar asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda shaxmat korinishida joylashib ibodat ado qilindi. Masjidlarda ijtimoiy masofalanishga imkon berish uchun ajratuvchi chiziqlar tortildi. Namozxonlar ibodatga tibbiy niqobda kelishiga etibor qaratildi. Buni yoddan chiqarganlar uchun esa niqob berilishi yolga qoyildi.

* * *

Xalqimiz hayotida unchalik katta ahamiyatli bolmagan bir yangi qaror chiqdi. Biz ham uni dayjestimizga shartta qoshib yubordik. Gap Ozbekistonda qoshfamiliyalilikka ruxsat berilgani haqida ketmoqda. Hukumat tomonidan tasdiqlangan FHDYo sohasiga oid qaror bilan nikohlanuvchilarga qoshfamiliyalikka ruxsat berildi. Masalan, kuyov Ahmedov, kelin Shuhratova bolsa, kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bolishi mumkin. Yani endi bizda ham Saltikov-Shedrin, Antuan de Sent-Ekzyuperi, Garriet Bicher-Stou kabi familiyali insonlar paydo bolishi mumkin.

* * *

Avvalambor aytish kerakki, Ozbekistonda ochiq osmon ostida masofa saqlab otkazilayotgan qabul imtihonlari The New York Times nazariga tushib, bosh sahifasidan orin oldi. Stadionda imtihon topshirayotgan talabalar ustiga yomgir tomchilaganida ular ustiga uzunasiga sellofan tortib qoyilgani rasmi ham kopchilikning etiboriga tushdi. Ammo javoblar varaqasidagi bir savol doirasida umuman javob belgilamagan abituriyent javobni togri topgani (ha, togri oqidingiz, rasmga qarang) kishini nihoyatda hayron qoldiradi. Bu javoblar varaqasida nimalar yoq deysiz. Qaysi biri doirachalarga ismini boyab yozgan bolsa, yana bir prorektorning ogli 60 ta savolning barchasiga toliq togri javob bergani odamni shubhalarga yetaklaydi.

Shuningdek, internetda imtihon partasi ostiga narsa qoyib ketgan guruh nazoratchisining videosi tarqaldi. DTM darhol izoh berib nazoratchi tibbiy niqob qoyganini bildirdi.

Daryoda qoling va eng songgi yangiliklardan eng birinchi xabardor boling. Karantin tartib-qoidalariga rioya qiling, deyishdan charchamaymiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-09-2020, 23:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -