» » Xiaomi Redmi Note 10: 5G aloqa tarmog‘iga ega hamyonbop smartfon dizayni oshkor bo‘ldi

Xiaomi Redmi Note 10: 5G aloqa tarmog‘iga ega hamyonbop smartfon dizayni oshkor bo‘ldi


Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi’ning Redmi Note 10 nomi ostidagi yangi smartfoni suratlari paydo bo‘ldi. Kompaniya Redmi Note 9 versiyasini besh oy oldin taqdim etganiga qaramay, smartfon taqdimoti tez orada bo‘lib o‘tishi kerak.

Smartfon standart dizaynga ega bo‘lgan — shisha qopqoq va ingichka hoshiyali displey, burchak qismida frontal kamera joylashgan. Manbaning ta’kidlashicha, u IPS matritsaga ega bo‘ladi, shu sababli barmoq izi skaneri yon tomonga joylashtirilishi mumkin. Shuningdek, Redmi Note 10 asosiy moduli 48 megapiksellga teng uchtalik kamera bilan jihozlanadi.

Smartfonning texnik tavsifi haqida hozircha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Mish-mishlarga ko‘ra, u MediaTek Dimensity 820 protsessori va 8 gigabayt tezkor xotirada ishlaydi. Redmi Note 10 Xiaomi smartfonlari orasidagi 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng hamyonbop qurilmaga aylanishi kerak.

Redmi Note 10 taqdimoti va uning narxi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Biroq Redmi Note 9 modelining narxi 260 dollar atrofidaligi hisobga olinsa, yangi smartfon narxi ham shunga yaqin bo‘ladi.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi kamerasi ekran ostidan joy olgan smartfon ommaviy ishlab chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют