Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida Alfredo di Stefanoning natijasini takrorladi
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Ukrainaga qarshi kechgan o‘yinda dubl muallifiga aylandi.
Bu “Real” himoyachisi uchun milliy terma jamoa safidagi 22 va 23-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ramos Ispaniya terma jamosining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida Alfredo di Stefanoga (23 gol) yetib oldi va 8-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ramos sobiq hujumchi Xulio Salinas (22) va sobiq yarim himoyachi Michel Gonsalesni (21) ortda qoldirgan.
Ispaniya terma jamoasining eng yaxshi to‘purarlari o‘nligi bilan tanishing:
1. David Vilya — 59 ta gol;
2. Raul — 44 ta gol;
3. Fernando Torres — 38 ta gol;
4. David Silva — 35 ta gol;
5. Fernando Yerro — 29 ta gol;
6. Fernando Moryentes — 27 ta gol;
7. Emilio Butragenyo — 26 ta gol;
8-9. Alfredo di Stefano — 23 ta gol;
8-9. Serxio Ramos — 23 ta gol;
10. Xulio Salinas — 22 ta gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
