» » O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan ob-havo yana isiy boshlaydi

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan ob-havo yana isiy boshlaydi


“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi.

“Kecha mamlakatimiz aholisi kuz kirib kelganini his qildi. Ayniqsa, bugun kechasi va ertalab sovuq antisiklonning ta’siri sezildi — kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi”, — deb yozmoqda “Gidrometeorologiya” xizmati markazi.

Qayd etilishicha, ikki kun davomida respublika hududi antisiklon ta’sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi.

Kechasi harorat 12-17 daraja, 8—9-sentabrda kunduzi 25-30 daraja, 10—12-sentabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Ta’kidlashicha, bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga pastdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют