» » O‘zbekistonda hafta oxiriga qadar sovuq havo hukmronlik qiladi

O‘zbekistonda hafta oxiriga qadar sovuq havo hukmronlik qiladi


O‘zgidromet hafta davomida mamlakat hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Kecha, 10-noyabr kuni O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirib keldi. Mamlakat shimolida harorat 7—10 daraja pasayib, 9—14 daraja iliq atrofida bo‘ldi.

Bugun, 11-noyabr kuni antitsiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta’sirida bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat pasayib, 10—13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning oxirigacha respublika hududi sovuq havo ta’siri ostida qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat foni kechasi 0—5 daraja iliq, 12-noyabrda ayrim joylarda 1—3 daraja sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq 10-noyabr, yakshanba kuni Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tishi natijasida O‘zbekiston ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 10-noyabr kuni Qozog‘istondan sovuq havo oqimi kirib keladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют