» » 22-dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

22-dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


22-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 7—12 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 7—12 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi. Samarqand viloyati bo‘ylab kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo harorati kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 1—6 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют