» » 13-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

13-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


13-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi 5—7 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarida 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют