» » 23-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

23-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


23-noyabr kuni Toshkentda kechasi 4—6, kunduzi 20—22 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi 5—10, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 3—8 daraja iliq, cho‘l hududlarida 0—2 darajagacha sovuq, kunduzi 18—23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 2—7, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 4—6 darajagacha sovuq, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 18—23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 0—5 daraja iliq, tog‘li joylarda 3—5 darajagacha sovuq, kunduzi 9—14 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют