» » 15-noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

15-noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


15-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda Gidrometreologiya markazining ma’lumotlariga asoslanib O‘zA xabar bermoqda.

G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3—5, kunduzi 11—13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5, kunduzi 10—15 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi uch daraja sovuq, ikki daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5—10, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2—7, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2—7, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют