» » “Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

“Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)


Janubiy Koreya ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan ilk “Qalbim chechagi” seriali nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo mamlakatlari bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Serial qahramonlarining mashhurligi uning yuqori reytingdan joy olishiga ham sabab bo‘ldi.

Film haqida bir og‘iz…

MBC tomonidan suratga olingan “Qalbim chechagi” seriali 1997-yil tomoshabinlarga taqdim etildi. Ushbu serial soddadil va mehribon yetim qiz Li Yun Xi, xonanda bo‘lishni orzu qiladigan badavlat tadbirkorning o‘g‘li Kang Min Xi va mamlakatning yetakchi moda uylaridan birining dizayneri Li Jun Xi o‘rtasidagi sevgi uchligi haqida hikoya qiladi.

Afsuski, bolalar uyidan otasining do‘sti tomonidan olib ketilgan Li Yun Xini bir qancha muammolar kutib turar edi. Yangi oila bilan yashash qanchalar qiyin bo‘lmasin, qiz barchasiga sabr qiladi va bir kuni ziyofatda Li Jun Xi bilan tanishib qoladi. Li Yun Xining tashqi ko‘rinishi yigitning sobiq sevgilisiga juda ham o‘xshar edi.

Birozdan so‘ng Li Yun Xi dugonasi ishlaydigan tungi klubda Kang Min Xi bilan uchrashib qoladi. Kang Min Xi bir qarashdayoq soddagina Li Yun Xini sevib qoladi. Taniqli qo‘shiqchi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan yigit va qiz orasi tobora yaqinlashib borgan sari yigitning otasi ularning muhabbatiga to‘siq bo‘laveradi.

Bu orada Kang Min Xining muhabbatdagi raqibiga aylanib ulgurgan ishbilarmon tadbirkor Li Jun Xi dizaynerlik borasida o‘zini sinab ko‘rayotgan Yon Miga nisbatan iliq his-tuyg‘ularga beriladi. Sababi u qachon muammolarga duch kelsa, yo‘q joydan paydo bo‘lib, unga yordam berardi.

Raqibini yo‘ldan olishni istagan qo‘shiqchi yigit yaqinlashib kelayotgan konsert dasturiga sevgilisi hamda Li Jun Xini taklif etadi va u yerda qo‘shiq kuylab, sevgilisi Li Yun Xiga sevgi izhor qiladi. Shu orqali u raqibiga hammasini tushuntirib qo‘yadi.

Serial hali efirga uzatilmay turib, ommaviy axborot vositalarining e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Sababi serialda mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Serial kutilganidan ham ko‘proq shon-shuhratga erishdi, Koreya tomoshabinlarining eng sevimli kartinasi sifatida belgilandi. Dastlab serial namoyishining boshida tomoshabinlar shunchaki ikki yoshning muhabbati aks etgan deb o‘ylagan, ammo keyinchalik serial minglab, millionlab muxlislarga ega bo‘ldi.

Kang Min Xi

An Je Uk

Aktyor, xonanda va kompozitor An Je Uk 1971-yil 12-avgustda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. 1994-yil universitetni tamomlagan aktyor ilk bora “Ko‘r qushlar qo‘shig‘i” dramasida rol ijro etadi. Nafaqat muvaffaqiyatli aktyor, balki taniqli qo‘shiqchi 5 ta musiqiy albom chiqargan. 1997-yilda u o‘zining “Abadiy” nomli albomini taqdim etdi va ushbu musiqiy to‘plam 700 ming nusxada sotilgan. Aktyor aynan shu albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlarni “Qalbim chechagi” serialida ham ijro etgan. Serial aktyorning shaxsini hamda qo‘shiqlarini ham ommalashtirib yubordi.

Undan so‘ng birin-ketin filmlarda suratga tushib, tomoshabinlar ko‘nglini zabt etgan aktyor 2013-yil fevral oyida AQShda miya bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir yillik o‘zini qayta tiklashdan so‘ng aktyor 2014-yil aprel oyida musiqiy ijodini boshladi. Aktyorga oid qiziqarli ma’lumotlarga ko‘ra, u uxlashni juda yaxshi ko‘radi, hatto rekord ko‘rsatkichi 36 soatni tashkil qilgan.

Ko‘k rangni yaxshi ko‘radigan aktyor san’at yo‘lini tanlamaganida, albatta, tadbirkor bo‘lar edi. U konsertda jonli ijroda kuylayotgan qo‘shig‘ining so‘zlarini unutib qo‘yganini hayotidagi eng kulgili va esda qolarli voqea deb biladi. Aktyor xushbo‘y shamlar, parfyumeriya, musiqa, golf, kompakt-disklar to‘plami va ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘radi.

Li Yun Xi

Chxve Jin Sil

Chxve Jin Sil 1968-yil 24 dekabrda Seulda tug‘ilgan. Aktrisa Janubiy Koreyaning eng taniqli ijodkorlaridan biri “Millat aktrisasi” maqomiga ega. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ota-onasi bolaligida ajrashib ketgan. Oilasi juda qashshoqligidan uning onasi ko‘cha chodirida turli xil ovqatlar sotgan. Qizaloq bolaligidayoq kambag‘al bo‘lib yashashdan qutulish uchun mashhur inson bo‘lishni orzu qilgan. Keyinchalik u yuqori maosh oladigan model va mashhur aktrisaga aylangan bo‘lsa-da, uning tejamkorligi saqlanib qolgan.

U birin-ketin reklama va filmdagi ijrolari ortidan mashhurlikka erishdi. 1994-yil uning sobiq menejeri Be Ben Su o‘ldiriladi va aktrisa jinoyatga guvoh sifatida chaqiriladi. Ushbu mash’um voqea katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aktrisaning jinoyatga aloqadorligi va tuhmat qilinganligi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bordi. Uning hayoti bir necha marotaba xavf ostida qolgani, 1995-yil avtohalokat, ta’qiblar va ikki marotaba noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

2000-yilga kelib aktrisaning shaxsiy hayotida yangilik yuz berdi, Chjo Sun Min bilan turmush qurdi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay juftlik oradagi nizo va turmush o‘rtog‘ining homilador aktrisaga qo‘l ko‘targani uchun 2004-yil ikki ajrashishga qaror qilgan. 2008-yil 2-oktabr kuni 39 yoshli aktrisa Chxve Jin Sil o‘z uyida osilgan holatda topildi. Uning o‘limi Janubiy Koreyada o‘z joniga qasd qilishning qisqa vaqt ichida o‘sishiga olib keldi, o‘sha oyda odatdagidan ko‘proq 700 ta holat qayd etildi. Oradan bir yarim yil o‘tib, aktrisaning ukasi ham o‘z joniga qasd qiladi — opasining yoniga dafn etiladi. 2008-yil sentabrda komik aktrisa Jon Sun Xening turmush o‘rtog‘i mashinasida o‘lik holda topiladi va bu jinoyat aynan aktrisa Chxve Jin Sildan gumon qilinishi uni qattiq tushkunlik girdobida qoldirgandi. Aynan ushbu voqea aktrisaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu voqea internet olamida ham misli ko‘rilmagan darajada shov-shuv bo‘ldi. Aktrisaning bevaqt o‘limiga javoban Janubiy Koreya hukumati internet foydalanuvchilarining tarmoqqa joylayotgan ma’lumotlarini nazorat qilishga harakat qilgan. Hozirda aktrisaning ikki farzandiga uning onasi g‘amxo‘rlik qiladi.

“Qalbim chechagi” seriali qanchalar mashhurlikka erishgan bo‘lsa, unda ijro etilgan qo‘shiqlar undan ham ko‘proq ommalashdi, hatto hanuzgacha muxlislar tomonidan sevib tinglanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют