» » Uztelecom milliy operatori ta’limni qo‘llab-quvvatlab, mobil aloqa uchun maxsus “TA’LIM” tarif rejasini taqdim etmoqda

Uztelecom milliy operatori ta’limni qo‘llab-quvvatlab, mobil aloqa uchun maxsus “TA’LIM” tarif rejasini taqdim etmoqda


Bugungi kunda zamonaviy dunyoni innovatsion texnologiyalar va eng yangi aloqa vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda, ayniqsa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni va masofadan o‘qishga qaratilgan majburiy choralarni hisobga olgan holda, shaxsiy rivojlanishda, shu jumladan, ta’lim sohasida yuqori sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi Internet muhim omillardan biri hisoblanadi.

Talabalar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari uchun foydali ovozli muloqot xizmatlarini taqdim etish muhimligini inobatga olib, Uztelecom milliy operatori jismoniy va yuridik shaxslar uchun hamyonbop “TA’LIM” tarif rejasini, shuningdek maxsus Internet-paketlar guruhini taqdim etmoqda.

“TA’LIM” tarif rejasi – bu eng hamyonbop mobil aloqa yechimini izlayotgan ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun qulay tarifdir.

Oyiga 34 900 so‘m evaziga “TA’LIM” tarif rejasi 8000 Mb Internet-trafik, 1000 daqiqa (va O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa) va 500 ta SMS o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, mobil Internetdan yana-da hamyonbop narxlarda foydalanishni ta’minlash maqsadida nominal qiymati 5 000, 8 000 va 12 000 MB bo‘lgan maxsus Internet-paketlar taqdim etiladi. Ushbu paketlar odatiy Internet-paketlardan 20% gacha arzon hisoblanadi.

“TA’LIM” tarif rejasi ta’lim tizimiga oid bir qator afzalliklarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Xususan, ushbu tarif abonentlari ZiyoNET xizmatidan abonent to‘lovi uchun 50% chegirma asosida foydalanishlari mumkin, shuningdek masofaviy ta’lim uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-metodik markazlarning 100 dan ortiq o‘quv va axborot platformalaridan Internet-trafikni sarflamasdan mutlaqo bepul foydalanishlari imkonini taqdim etadi.

Uztelecom – Milliy operator.

Batafsil ma’lumot: https://uztelecom.uz/uz/jismoniy-shaxslarga/mobil-...

Yagona call-markaz:1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют