» » Masofaviy ta’limni yaxshilash uchun o‘quvchi va o‘qituvchilarga “Maktab” va “Ta’lim” tarif rejalari joriy etiladi — ATK vazirligi

Masofaviy ta’limni yaxshilash uchun o‘quvchi va o‘qituvchilarga “Maktab” va “Ta’lim” tarif rejalari joriy etiladi — ATK vazirligi


Karantin vaqtida masofaviy ta’lim berayotgan o‘qituvchilar uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim” tarif rejasiga yanada ko‘proq qulayliklar kiritilmoqda, shuningdek, alohida “Maktab” tarif rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 3-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

2020-yil 14-sentabrdan O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ham onlayn, ham an’anaviy tartibda ish boshlashi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, masofaviy ta’lim oluvchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quvchi va o‘qituvchilar mobil aloqa xizmatlari uchun maxsus “Ta’lim” va “Maktab” tarif rejalari joriy qilinmoqda.

“Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab o‘quvchilarga uydan bemalol fanlarni o‘zlashtirish uchun barcha mahalliy tarmoq va mobil operatorlari tomonidan ta’lim axborot-resurslari joylashtirilgan veb-saytlarga bepul kirish ta’minlandi. Bundan tashqari, masofaviy ta’lim berishda ustoz va murabbiylar uchun mobil aloqa xizmatlaridan qulay shartlarda foydalanish maqsadida maxsus ‘Ta’lim’ tarif rejasi joriy etilgan. Hozirgi kunda ushbu tarif rejasiga yanada ko‘proq qulayliklar kiritilmoqda. Qolaversa, masofaviy ta’lim uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida alohida imtiyozli ‘Maktab’ tarif rejasi ishlab chiqilib, hozirda joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda”, — dedi Sherzod Ahmadov.

2020-yil boshidan beri internetga keng polosali ulanish imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 9 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Ularning asosiy qismi ijtimoiy soha obyektlari uchun tashkil etildi, xususan, respublikadagi 10 mingga yaqin xalq ta’limi muassasalarining barchasiga optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Mobil aloqa xizmatlari qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 1 375 ta qo‘shimcha yangi mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatildi va 3000 dan ortiq mavjud baza stansiyasi yuqori tezlikdagi internet texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют