» » AQShda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi shaxsning garajidan qimmatbaho sportkarlar kolleksiyasi topildi

AQShda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi shaxsning garajidan qimmatbaho sportkarlar kolleksiyasi topildi


Politsiya tomonidan 62 kilogramm marixuana saqlagani uchun qo‘lga olingan 41 yoshli Kori Teylorning garajidan qimmatbaho sportkarlar kolleksiyasi topildi, deb xabar beradi Motor.

Amerikaning Massachusets shtatida giyohvand moddalarga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiyalar davomida Xoliok shahri fuqarosi qo‘lga olindi. 41 yoshli Kori Teylor furgon orqali 62 kilogramm marixuanani olib ketayotgan bo‘lgan, biroq u o‘zini politsiyachilarga FedEx xizmatining kuryeri sifatida tanishtirgan va Xuan ismli mijozning buyurtmasini olib ketayotganini, qoplarda nima borligidan bexabar ekanligini bildirgan. Ofitserlar uning so‘zlariga ishonmay, Teylorni hibsga olgan, biroq sud Teylorni garov evaziga ozod qilgan. Shundan so‘ng u izsiz yo‘qolgan.

Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, giyohvand moddalar savdogari sportkarlar kolleksioneri bo‘lib chiqqan: uning garajidan 37 ta qimmatbaho avtomobil topilgan.

Rasman jinoyatchining onasi egalik qiladigan Xoliok markazidagi o‘t o‘chiruvchilarning eski qismidan sakkizta Toyota Supra Mk4, uchta Nissan GT-R, beshta BMW M3 E46, uchta BMW M3 E92 (ulardan biri — Lime Rock Edition), uchta Nissan Skyline R34, Honda S2000, Mitsubishi Lancer Evolution, shuningdek, boshqa ko‘plab sportkarlar topilgan. Politsiya yana sakkizta avtomobilni boshqa joydan topgan, biroq bu haqda ma’lumot bermagan.

Teylorning uyidan million dollardan ortiq naqd pul va 24 ta o‘qotar qurol topilgan. Endilikda kolleksiya egasi qidiruvga berilgan.

Avvalroq Fransiyaning Dordon vodiysida mahalliy fuqarolardan birining umri davomida yig‘gan eski avtomobillar kolleksiyasi jinoyatchilar guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Kanadada yong‘in qiymati 1,8 mln dollar bo‘lgan avtomobillar kolleksiyasining kulini ko‘kka sovurdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют