» » “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlari o‘z ota-onasi bilan (foto)

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlari o‘z ota-onasi bilan (foto)


“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlarining nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham tomoshabinlar uchun qiziq. Millionlab muxlislar qalbidan joy olgan mashhurlarning muvaffaqiyatga erishishida o‘zlarida mujassam bo‘lgan iste’dod, mahorat bilan birga ota-onalarining xizmati beqiyos. Quyida yulduzlarning ota-onasi bilan birga tushgan suratlarini havola etamiz.

Maryam Uzerli (Xurram sulton)

Aktrisaning otasi turk, onasi esa nemis millatiga mansub. Shuning uchun Maryam go‘zalligi, o‘ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Burak O‘zchivit (Malkocho‘g‘lu Bali bey)

Burakning ota-onasi qiyofasiga nazar tashlab u aynan kimga ko‘proq o‘xshashini aytish qiyin, lekin kimga o‘xshashidan qat’i nazar bir narsa aniq — ushbu juftlikning farzandi tashqi ko‘rinishi va iste’dodi bilan turk kino ijodkorlari orasida allaqachon o‘z o‘rnini topgan.

Selma Ergech (Xadicha sulton)

Latofatli aktrisa onasiga o‘xshab ketadi.

Nur Fettaho‘g‘lu (Mohidavron sulton)

Nurning Instagram sahifasini kuzatib, uning otasi bilan juda yaqin munosabatda ekanini bilish mumkin. U doim iliq fikrlar yozib, birga tushgan suratlarini bo‘lishib boradi.

Pelin Karaxan (Mehrimoh sulton)

Pelin onasiga juda ham o‘xshab ketadi. Instagram’dagi kuzatuvchilar esa uning onasini Mayram Uzerlining onasiga o‘xshatadi.

Engin O‘zturk (shahzoda Selim)

Turklarga xos bo‘lmagan tashqi ko‘rinish Enginga otasidan o‘tgan.

Mehmet Gunsur (shahzoda Mustafo)

Mehmet va uning onasining tashqi ko‘rinishida umumiylikni topish qiyin, lekin ularni iliq munosabatlar bog‘lab turadi.

Aras Bulut Iynemli (shahzoda Boyazid)

Kelishgan va iste’dodli aktyor ota-onasining kelib chiqishi kavkazliklarga borib taqaladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют