» » Yasama soch kiygan Xurram, homilador Mehrimoh. “Muhtasham yuz yil” filmi bilan bog‘liq siz bilmagan 5 fakt

Yasama soch kiygan Xurram, homilador Mehrimoh. “Muhtasham yuz yil” filmi bilan bog‘liq siz bilmagan 5 fakt


“Muhtasham yuz yil” seriali, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Tomoshabinlar filmga shunchalik qiziqqanidan, aktyorlar hayoti va suratga olish jarayoni haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishni istaydi. Shuni inobatga olgan holda film bilan bog‘liq, siz bilmagan va qiziqarli bo‘lgan faktlar e’lon qilindi.

1. Xurram yasama soch kiyishga majbur bo‘lgan

Maryam Uzerlidan keyin Xurram rolini ijro qilgan Vahide Perchin, kimyoterapiya muolajasini olgani va suratga olish jarayonida aktrisaning sochi kalta bo‘lgani sabab yasama soch kiyishiga to‘g‘ri kelgan. Ekranda Vahidening sochlari tabiiy ko‘ringanidan hech kim uning yasama soch kiyganiga shubha qilmagan.

2. Serialda raqobatchi aka-uka Salim va Boyazid rolini ijro qilgan aktyorlar hayotda qalin do‘st

Serialda, Xurram va sulton Sulaymon farzandlari Salim va Boyazidning bir-biriga raqobatchi ekanini ko‘rish mumkin. Aslida esa, Salim rolini jonlantirgan Engin O‘zturk va Boyazid rolini o‘ynagan Aras Bulut hayotda juda ham qalin do‘st. Yaqin bo‘la turib, bir-birini ko‘rolmaydigan aka-uka rolini ijro qilganidan aktyorlar mahoratiga qoyil qolsa arziydi.

3. Mehrimoh rolini ijro qilgan aktrisa homilador bo‘lgan

Aktrisa Pelin Karaxan, malika Mehrimoh rolini ijro qilish vaqtida homilador edi. Film ijodkorlari, keng liboslar, rekvizit va turli yo‘llar bilan aktrisaning homiladorligini bilintirmaslikka urungan.

4. Xurram rolida boshqa aktrisa bo‘lishi mumkin edi

Ortiqcha 6 kilogramm vazni bo‘lmaganda, Xurram sulton rolini Maryam Uzerli emas, Oykyu Chelik ijro qilgan bo‘lardi.

5. Usmonli turk tilini o‘rganish jarayonida Xalit Ergenchning qon bosimi ko‘tarilgan

Sulton Sulaymon rolini ijro qilgan Xalit Ergench bilan film boshida tuzilgan shartnomaga asosan, u Usmonli turk tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan. Darslarning murakkabligidan aktyorning qon bosimi tez-tez ko‘tarilgan. Boshida qiyindek tuyulgan tilni o‘rganib olgan aktyor endilikda uni maktablarda o‘qitilishi kerakligini ta’?kidlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют