» » Rossiyalik kinoijodkorlar O‘zbekistonda yangi jangari serialni suratga tushirmoqda

Rossiyalik kinoijodkorlar O‘zbekistonda yangi jangari serialni suratga tushirmoqda


Rossiyaning “NTV” telekanali O‘zbekistonda“Mednoye solnse”(“Mis rangli quyosh”) nomli serialni suratga tushirish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda 1News xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, harbiy drama janridagi o‘tkir syujetli serialda bosh rolni rossiyalik aktyor Vladimir Mashkov ijro etmoqda. Serialda u orkestr dirijori rolini ijro etadi — uning boshchiligidagi musiqachilar mahalliy aholini jangarilardan qutqarish uchun qo‘liga qurol olishga majbur bo‘ladi. Asosiy antagonist rolini yana bir mashhur aktyor Vladimir Niskov ijro etdi.

Syomka ishlarining katta qismi Xivada o‘tdi. Film rejissori — Karen Oganesyan.

Suratga olish ishlari deyarli tugadi, premyera esa kelasi yil bahorining oxiriga mo‘ljallanmoqda. Shu bilan birga, mahalliy maktab o‘quvchilar tayyor materialning birinchi tomoshabinlari bo‘ldi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют