» » “Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari yangi loyihaga qo‘l urdi. Unda bosh rollardan birini Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi

“Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari yangi loyihaga qo‘l urdi. Unda bosh rollardan birini Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi


“Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari aka-uka Yag‘mur va Durul Taylanlar yirik loyihaga qo‘l urdi, deb xabar beradi “Rusturkey.com”.

Yangi serialda bosh rollardan birini Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktyorlaridan biri Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi.

“Barbarossa” deb nomlangan ushbu serialda Ulusoy Oruch Reys obrazini gavdalantiradi. Serial taniqli turk dengiz floti qo‘mondoni Xayriddin Poshsho Barbarossa hayoti haqida hikoya qiladi. Suratga olish jarayonlari bilan ES Film kompaniyasi shug‘ullanadi.

Uch mavsumdan iborat bo‘ladigan serial Turkiyaning TRT1 telekanalida efirga uzatiladi.

Ma’lumot uchun, Chag‘atoy Ulusoy Turkiyaning taniqli aktyori va modeli. 2019-yilda u seriallardan eng ko‘p daromad olgan aktyorlar reytingiga yetakchilik qilgan. O‘zbek tomoshabinlariga Chag‘atoy “Ichkarida” seriali bilan yaxshi tanish.

Mavzuga doir: Millionlab qalblarni zabt etgan turk aktyorlarining umr yo‘ldoshlari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют