» » Konstitutsiyaviy sud uning raisi vakolatlari bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi

Konstitutsiyaviy sud uning raisi vakolatlari bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi Baxtiyor Mirboboyevning o‘z lavozimini qonunni buzgan holda egallab turganligi haqida xabarlar tarqalgandi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvonov bu masala bo‘yicha o‘z izohini bergandi. Konstitutsiyaviy sud kotibiyati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi va faoliyati 2017-yil 31-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga muvofiq tartibga solinadi. Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud unga ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan subyektlar tomonidan kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilib kelmoqda. Qabul qilingan qarorlar haqida Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytidan ma’lumot olish mumkin.

Qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘riladigan ishlarning ko‘pligi yoki kamligi unga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarga bog‘liq.

“Keyingi to‘rt yil ichida yangi O‘zbekiston ijtimoiy hayotini demokratlashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masala kirituvchi subyektlar doirasini ham kengaytirib, ular qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarni ham qo‘shishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda shunday o‘zgarishlarni qonunchilikka kiritish masalasi yuzasidan qonun loyihasi tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali keng jamoatchilik fikri olindi va loyiha takomiliga yetkazildi. O‘ylaymizki, kelgusida Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun fuqarolar tomonidan masala kiritilishi Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarning sonini keskin oshiradi”, — deyiladi Konstitutsiyaviy sud xabarida.

Ta’kidlanishicha, konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga muvofiq, ayni bir shaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emas. Bu qoida 2017-yil 1-iyundan boshlab saylangan sudyalarga nisbatan tatbiq qilinadi. Qonunga muvofiq, sudyaning vakolat muddati besh yilni tashkil etadi.

Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingungacha amal qilgan qonunda Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari muddatiga nisbatan cheklov belgilanmagan. Qonunda Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi, qoida tariqasida, 70 yoshni tashkil etadi deb belgilangan. Qonunchilik texnikasiga muvofiq “qoida tariqasida” degan tushuncha umumiy talab bo‘lib, ayrim paytda istisnoli holatlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud tarkibini shakllantirishda uchta subyekt ishtirok etadi. Konstitutsiyaviy sud sudyasi O‘zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan saylanadi. Sudyalarni saylashda nomzodning ma’naviy fazilatlari, hayotiy tajribasi, bilimi va salohiyati e’tiborga olinadi.

“Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari Konstitutsiyaviy sud majlisi sudyalari orasidan saylanadi. Ya’ni, kim sudya, sud raisi yoki rais o‘rinbosari bo‘lib saylanishi bir yoki ikki kishining xohish-istagiga bog‘liq emas”, — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi qonunning asosiy qoidalari Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan demokratik mamlakatlarning konstitutsiyaviy sudlov to‘g‘risidagi qonunlariga mos keladi.

“Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etishda va uning faoliyatida qonun buzilishi holatlari mavjud emas”, — deyiladi sud kotibiyati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют