» » Ozbekiston 2020-yilning iyul oyida oltin sotish boyicha dunyoda yetakchiga aylandi

Ozbekiston 2020-yilning iyul oyida oltin sotish boyicha dunyoda yetakchiga aylandi


Ozbekiston 2020-yilning iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish boyicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi malumotlariga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.

Kengash malumotlariga kora, Ozbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi.

Ikkinchi orinni Moguliston 6,1 tonna bilan egallagan. Rossiya va Germaniyaning har biri 0,5 tonnadan oltin eksport qilgan.

Oltin xarid qilish boyicha songgi oylardagi kabi Turkiya birinchi orinni egallab kelmoqda. Jahon oltin kengashining taxminlariga kora, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatarning oltin zaxirasi 3,1 tonnaga, Hindistonda 2,8 tonnaga, Qozogistonda 1,9 tonnaga, Ukrainada esa 0,3 tonnaga kopayganligi malum qilingan.

Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning ortacha narxi 58 dollarnitashkil etgan. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil qilmoqda.

Avgust oyining boshida bir unsiyasi (1 unsiya 28,35 grammga teng) oltin narxi tarixiy rekord darajada kotarilib, 2000 dollardan oshgan edi. Oshanda kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablaglarni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yonaltirish mumkinliginiaytgan.

Besh yildan buyon Ozbekistonda oltin eksporti osib kelmoqda. Masalan, oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollarni, 2016-yilda 738,2 million dollarni, 2017-yilda 1,6 milliard dollarni, 2018-yilda esa 3,4 milliard dollarni tashkil etgan.

AvvalroqOzbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda korgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:Ozbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi ilk bor 34 mlrd dollardan oshdi



Manba: Daryo.uz
: admin (7-09-2020, 23:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -