» » O‘zbekistonda oltin eksporti so‘nggi besh yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi

O‘zbekistonda oltin eksporti so‘nggi besh yildagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi


O‘zbekiston oltin eksportini keskin ravishda oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.

Yanvar oyidan iyulga qadar O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga 3,4 milliard dollarlik oltin sotgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida ushbu ko‘rsatkich 1,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘sish 2,2 barobarga teng.

So‘nggi besh yil ichida oltin eksporti bir necha barobarga oshgan. 2015-yilda eksport hajmi 823,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda — 738,2 milliard dollar, 2017-yilda esa 1,6 milliard dollarga yetgan.

O‘zbekiston o‘z oltinlarini narx-navoning oshishi fonida ko‘proq sotmoqda — iyun oyida oltin fyucherslari unsiyasi uchun 1397,7 dollarga oshgan (bu kabi holat oxirgi marta 2013-yilda sodir bo‘lgan).

Iyul oyida eksport ham sezilarli oshgan, iyun yakuni bo‘yicha 2 milliard dollarlik oltin sotilgan bo‘lsa, bir oydan so‘ng, ushbu ko‘rsatkich 1,4 milliard dollarga ko‘proqni tashkil etmoqda.

Oltin ekportining oshishi oltin valyuta zaxiralari hajmining qisqarishiga mos kelmoqda — 1-iyul kuni oltin valyuta zaxiralari 11,3 million unsiyani tashkil etgan bo‘lsa, 1-avgust holati bo‘yicha bu 10,5 millionga teng. Agarda tonnaga aylantirladigan bo‘lsa, iyul oyida 351 tonna oldin, avgustda esa — 326 tonna oltin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют