» » Fransuzlar galaba qozonishga loyiq ekanini, ruslar esa yengilmasligini korsatdi. 7-sentabr mashhur Borodino jangi bolib otgan kun

Fransuzlar galaba qozonishga loyiq ekanini, ruslar esa yengilmasligini korsatdi. 7-sentabr mashhur Borodino jangi bolib otgan kun


1812-yilning 7-sentabr kuni Fransiya imperatori Napoleonning Rossiyaga qilgan yurishi doirasida eng yirik va hal qiluvchi jang bolib otdi. Mazkur jang Napoleon tarafidan Moskva jangi deb nomlandi. Rus manbalarida esa Borodino jangi nomi bilan tarixga kirdi. Chunki jang Moskva daryosi boyida, Moskva shahridan 125 km uzoqlikdagi Borodino qishlogi yaqinida yuz berdi. Daryo sana munosabati bilan bugungi maqolada mazkur jang tarixi va uning ahamiyati haqida hikoya qiladi.

Napoleonning Yevropadan toplagan juda katta qoshini 1812-yilning iyun oyida Rossiya hududiga kirishni boshladi. Rossiya imperiyasi hududidagi shaharlar birin-ketin fransuzlar tomonidan egallandi. Ruslar esa ularga qarshilik qilmadi. Aksincha, butun yurish davomida yonayotgan yer taktikasini qollab chekinish bilan mashgul boldi. Ular chekingan yerlarini yoqib, yiqib ketdi. Fransuzlarni shu tariqa zaxira taminotidan uzib qoyib, iloji boricha imperiya ichkarisigacha olib bordi. Napoleonning taminot karvoni esa asosiy qoshindan ancha orqada qolib ketgan edi. Shu tariqa ruslar imperatorni Borodinogacha deyarli jangsiz olib keldi.

Shu paytgacha Rossiya qoshinlariga bosh qomondonlik qilgan Barklay de Tolli oz lavozimidan olindi va uning orniga Mixail Kutuzov bosh qomondon etib tayinlandi. Ikki armiyaning ilk toqnashuvi ham ayni Kutuzov sababli yuz berdi. Kutuzov Moskvadan 125 km uzoqlikdagi Borodino qishlogi yaqinida mudofaa chizigini tashkil qildi.

Borodino jangi kuni Rossiya armiyasi tarkibi 180 ta piyoda bolinmasi, 164 ta otliq brigadasi, 20 ta kozaklar birligi, 55 ta artilleriya batareyasi yoki 640 ta topdan iborat edi (Les Plus Belles Victoires de Napol?on, ?ditions Atlas, p. 112.). Qoshinning umumiy soni bazi manbalarda 103800 deb korsatilgan bolsa, bazilarida 160 ming deb korsatilgan.Rus manbalarida esa 112 mingdan 120 minggacha deb korsatilgan.

Buyuk Armiya deb nomlangan Napoleon qoshini esa 214 ta piyoda batalyoni, 317 ta otliq bolinmasi, 587 ta artilleriya birliklariga ega edi. Qoshinlarning umumiy soni esa 124 mingdan 135 minggacha deb korsatiladi. Shuningdek, ikki tarafdan ham jangga qatnashmagan, lekin jang maydonida hozir bolgan qoshinlar ham bor edi. Ularning soni har ikki tarafdan mos ravishda 1718 ming kishini tashkil qilar edi.

7-sentabr kuni erta tongda, soat 6 da 100 dan ortiq fransuz artilleriyasi ruslarning chap qanotiga hujum uyushtirdi. Shunday qilib, rus kampaniyasidan orin olgan eng dahshatli va qirginbarot jang boshlandi. Ammo fransuzlar toplarni surishga juda kop qimmatli vaqtlarini sarflab yubordi. Chunki ular rus mudofaa chizigidan ancha uzoqda edi. Shu kuni jang kun boyi davom etdi. Fransuzlarning tinmay amalga oshirgan shiddatli hujumlarini ruslar qaytarishga dosh berolmadi va kechga yaqin Kutuzov Moskvaga qarab chekinishga buyruq berdi.

Jangda ikki tomon ham juda katta yoqotishga uchradi. Fransuz qoshinidan 20 ming askar jarohat olgan bolsa, 10 ming askar halok boldi.Jumladan, armiyaning nufuzli generallari Montbrun, Kolenkur, Komper, Lanaber, Romef, Marion va Tarrolar Borodinoda halok boldi. Yoqotishlar haqidagi raqamlar ham turlicha bolib, Katta Armiya safida bolgan inspektor P.Denniee shu kuni armiya safida 30 mingga yaqin askar jabrlanganini, shundan 6 562 kishi halok bolgani, ulardan 269 nafari ofitserlar ekanini va 21450 kishi jarohat olganini qayd etgan (P. Denniee, Imperator Napoleonning yurish yonalishi, Parij, 1842yil.). Tarixchi Aristid Martinien esa fransuzlar jami 1 928 ta ofitser halok bolgani yoki jarohatlanganini yozgan. Shulardan 49 nafari generallar edi.

Ruslar esa 40 mingdan ziyod askarini yoqotgan bolsa, shundan 15 mingtasi halok bolgan. Ruslarning 211 nafar ofitseri jangda halok bolgan va mingdan ortigi yaralangan. Mashhur generallar Bagration, Kutaizev va Tuchkovlar ham Borodinoda halok bolgan. Fransuz askarlari orasida jangdan keyingi kunlarda oziq-ovqat taqchilligi sababli ochlikdan vafot etganlari ham bolgan.

Ushbu jangda fransuzlarning qoli baland keldi. Ammo bu galaba katta yoqotishlar bilan birga keldi. Galaba Napoleonga Moskva yolini ochdi va u 14-sentabr kuni huvullab qolgan Moskvaga kirib bordi. Sababi, shahar fransuzlar kelishidan oldin boshatilgan edi. Kamiga shahar gubernatori shaharga ot qoyishni buyurdi va asosan yogochdan qurilgan Moskva 20-sentabrgacha yonib kul boldi. Bu Moskvaning Toxtamishxondan keyin ikkinchi yonishi edi.

Borodino jangidagi galaba haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud bolib, zamonaviy tarixchilar uni Piruscha galaba sifatida talqin qiladi. Yani galabaning yakuniy qiymatini yoqqa chiqaradigan juda katta yoqotishlar evaziga qozonilgan galaba sifatida qaraladi.

Galaba fransuzlarga nasib qilgan bolsa-da, Rossiya imperiyasi ham Borodino jangidagi galabani oziga tegishli deb hisoblaydi. Shuning uchun XIX asr oxiridagi jangovar kemalarining biriga Borodino nomini bergan. Borodino klassdagi kemalar Suvorov kemalari ham deyiladi. 1949-yilda SSSR Krasnoyarsk olkasida Borodino shahriga asos soldi.

Borodino jangi haqida koplab hujjatli va badiiy asarlar yaratilgan. Jang bolib otgan hudud qayta tiklanib, osha yerda jang muzeyi tashkil etilgan. Osha jangda ishlatilgan va fransuzlar tomonidan tashlab ketilgan toplar eksponat sifatida namoyishga qoyilgan.

Mashhur rus adibi Lev Tolstoy ozining Urush va tinchlik romanida mazkur jang tafsilotlarini badiiy tarzda ifoda etgan. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Balzak ozining Qishloqlik shifokor romanida Borodino jangining eng dahshatli lahzalarini mohirlik bilan yoritgan.

1880-yilda mashhur rus kompozitori Chaykovskiy mazkur jang haqida 1812 deb nomlangan simfonik pyesa yaratgan.

Jang haqidagi eng maqul gapni, fikrimizcha, Napoleonning ozi aytgan: Men olib borgan ellikta jangning eng dahshatlisi bu mening Moskva oldida otkazgan jangim. Fransuzlar ozlarini galaba qozonishga loyiq ekanini korsatdi, ruslar esa yengilmas deb atalish huquqini qolga kiritdi, degan edi jang haqida buyuk imperator.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-09-2020, 23:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -