» » Buxoroda 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining devonxona mudiri 500 dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yilning 2-sentabr kuni DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi 500 dollar pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ochiqlanishicha, devonxona mudirasi D.S. 23 yoshli fuqaro X.J.ga uni viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga hamshiralikka ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilib, evaziga 500 dollar berishini talab qilgan.

Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlaridan so‘ng devonxona mudirasining pora talab qilgani ma’lum bo‘lgan. Shu boisdan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют