» » Braziliyada avtomobil namoyishchilarni bosib o‘tib ketdi (video)

Braziliyada avtomobil namoyishchilarni bosib o‘tib ketdi (video)


Braziliyaning San-Paulu shtatidagi San-Joze-dus-Kampus shahri yaqinida avtomobil trassani to‘sib qo‘ygan olomonga kelib urildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

YouTube’da joylashtirilgan rolikda mehnat qonunchiligi islohotlari va pensiya yoshi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan bir necha o‘nlab kishilar mashinalar o‘tishiga yo‘l qo‘ymayotganini ko‘rish mumkin.

Avtomobil egalaridan biri harakatni davom ettirishga qaror qildi va olomon tomonga asta-sekin yura boshladi. Biroq bir necha kishi mashina kapotiga yopishib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Shunda u keskin ravishda tezlikni oshirdi va bir necha kishini bosib o‘tib ketdi.

Mahalliy OAVga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida ikki ayol jabrlandi. Politsiya avtomobil egasini keyinchalik qo‘lga oldi.

Опубликовано: admin (29-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют