» » OSON’da xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarni bog‘lab dunyo bo‘yicha erkin foydalanish imkoni paydo bo‘ldi

OSON’da xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarni bog‘lab dunyo bo‘yicha erkin foydalanish imkoni paydo bo‘ldi


OSON – O‘zbekistonning butun dunyodagi foydalanuvchilar erkin foydalana oladigan birinchi elektron pul to‘lov tizimidir. Ilovada xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarini bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Kompaniyada ushbu imkoniyatning O‘zbekistonda va undan tashqarida yashovchi OSON foydalanuvchilari uchun birdek qulay bo‘lishi bildirildi.

Masalan, siz Rossiyada yashaysiz, oilangiz esa – O‘zbekistonda. Siz ularning hisobvarag‘iga pul o‘tkazishingiz yoki ularning mobil operatori xizmatlariga haq to‘lashingiz zarur. Nima qilish kerak? Xalqaro Visa, MasterCard yoki Mir kartalarini OSON to‘lov tizimiga bog‘lash hamda sizga kerakli hamyonni to‘ldirish lozim. Shuningdek, OSON tizimida barcha xizmatlar uchun haq to‘lashingiz mumkin.

Bank yoki mamlakatga oid cheklovlar mavjud emas. Ushbu xizmat dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bu imkoniyat kartangizni chiqargan bank ilovasini maxsus o‘rnatish zaruratidan xalos qiladi.

“Ushbu loyiha bo‘yicha maslahat berish uchun xorijiy ekspertlarni hamda Rossiya va yevropalik hamkorlarimizning mutaxassislarini taklif qildik. Bizga sifatli natija muhim, chunki mijozlarimiz uchun OSON ilovasidan foydalanishning xavfsizligi va qulayligi ustuvor ahamiyatga ega, — deydi OSON to‘lov tizimining asoschisi Farxod Maxmudov. – Chet eldagi OSON foydalanuvchilari va mamlakatimiz mehmonlari anchadan beri O‘zbekistonda Visa, MasterCard va Mir kartalari orqali onlayn-servis va xizmatlarga haq to‘lash imkoniyatini kutayotgan edilar. Ushbu xizmatni amalga oshirish ustida ishlash jarayoni uzoq va murakkab kechdi, biroq bu shunga arziydi. Endi, o‘z kartangizni OSON to‘lov tizimiga bog‘lash orqali barcha xizmatlarga onlayn tarzda haq to‘lashingiz mumkin. Sizga karta ortiq kerak bo‘lmaydi”

Shuningdek to‘lovlarni amalga oshirish paytida shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi ham kuchaytirildi. Bunga shaxsiy ma’lumotlarni va karta raqamlarini tokenlashtirish yordamida erishildi.

Tokenlashtirish – bu ma’lumotlarni shifrlash yordamida elektron to‘lovlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlovchi texnologiyadir. Uning yordamida sotuvchi va xaridor o‘rtasida shaxsiy ma’lumotlarni va rekvizitlarni uzatishga hojat qolmaydi. Barcha ma’lumotlar noyob kod – token bilan almashtiriladi.

Bunda tokenning o‘zi shaxsiy ma’lumotlarni saqlamaydi. U hozirgi ma’lumotlar bilan bank-ekvayer darajasida faqat mantiqan bog‘langan. Endi sizga xizmat haqini to‘lash uchun har safar karta ma’lumotlarini kiritish, yohud ularni sotuvchi yoki vositachilarga berish shart emas.

Kompaniyada OSON tizimi karta saqlovchilarining ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha PCI DSS 3.2.1 standart talablariga muvofiqlik yuzasidan tasdiqlangan sertifikatga ega ekanligi ta’kidlandi. PCI DSS to‘lov kartalarining xavfsizlik standarti xalqaro to‘lov tizimlari, shu jumladan VISA va MasterCard tizimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.OSON shuningdek Compliance Control PCI DSS Compliance Process (P.D.C.P.) uzluksiz muvofiqlik dasturining ishtirokchisi hisoblanadi.

Endilikda pulingizning xavfsizligi – OSON nazorati ostida.

Xalqaro kartalar orqali haq to‘lash 3D-Secure texnologiyasi bilan himoyalangan. U to‘lovlarni amalga oshirish xavfsizligini oshiradi. Oddiy qilib aytganda, 3D-Secure – bu to‘lov paytida karta egasining telefoniga keladigan kod. Ushbu parol yordamida foydalanuvchi boshqa biror kimsa emas, balki aynan o‘zi to‘lov bajarayotganini tasdiqlaydi. Agar saqlovchi kartasiga 3D-Secure himoyasi ulangan bo‘lsa, saqlovchining xabarisiz to‘lovni bajarish imkoniyati mavjud emas.

OSON elektron pullari – chegarasiz va xavfsiz pullar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют