» » Istanbuldagi tungi klubda 39 kishini otib tashlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Istanbuldagi tungi klubda 39 kishini otib tashlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Turkiya sudi tomonidan 2017-yil Istanbulda terakt uyushtirgan O‘zbekistonda tug‘ilgan Abdulqodir Masharipovga umrbod qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Teraktni sodir etgandan keyin Masharipov kiyimlarini almashtirgan va klubdan qochayotgan olomonga qo‘shilib qochib ketgan. Teraktdan 2 hafta o‘tib u qo‘lga olingan edi.

Sud jarayonida Abdulqodir Masharipov o‘z aybini tan olmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u qiynoqlar va bosim ostida ko‘rsatma bergan. Bundan tashqari, u barmoq izlarini tekshirish bo‘yicha da’vosi qondirilmaganligini aytgan.

Turkiya sudi tomonidan Masharipov mamlakat konstitutsiyasini buzishda va 39 nafar odamni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topildi va 40 ta umrbod qamoq jazo belgilandi.

Bundan tashqari, sud Masharipovni 79 kishini o‘ldirishga qasd qilish va litsenziyasiz qurol olib yurishda aybdor deb topdi va 1368 yilga ozodlikdan mahrum etdi, 375 ming lira jarimaga tortdi.

Unda muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi “Kalashnikov” avtomati bilan qurollangan terrorchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Binoda 700 dan ortiq kishi bo‘lgan. Turkiya politsiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017-yil 16-yanvarda Istanbulning Esenyurte tumanida maxsus operatsiya natijasida gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:IShID Istanbuldagi tungi klubda uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют